Tsement asosli quruq aralashma, mineral to‘ldirgichlar va polimerlardan tayyorlangan bo‘lib, kichik va o‘rta o‘lchamdagi keramik plitka, kermogranit, shuningdek tabiiy va sun’iy tosh (suv singdirish ≥ 1 %) uchun beton, gazobeton, gips, g‘isht va boshqa minerallar bazali yuzalarga (vertikal va gorizontal) qo‘llaniladi. Ichki hamda tashqi ishlovlar uchun mos.