Tsement asosli quruq aralashma, mineral to‘ldirgichlar va polimerlardan tayyorlangan bo‘lib, kichik va o‘rta o‘lchamdagi keramik plitka, kermogranit, shuningdek tabiiy va sun’iy tosh (suv singdirish ≥ 1 %) uchun beton, gazobeton, gips, g‘isht va boshqa minerallar bazali yuzalarga (vertikal va gorizontal) qo‘llaniladi. Ichki hamda tashqi ishlovlar uchun mos.
VENTUM EXTRA 515 plitka yelimi — yuqori sifatli tsement asosli yopishtiruvchi aralashma boʻlib, ichki va tashqi yuzalarda keramika plitka, керамогранит va toshlarni mustahkam o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Yuqori yopishish qobiliyatiga ega, namlikka chidamli va harorat o‘zgarishlariga bardoshli. Oson surtiladi va uzoq muddatli mustahkam birikmani ta’minlaydi.